Roumingni unuting: xorijga sayohat uchun nega eSIM kerak

Ilgari sayohatga tayyorgarlik bir xil kechardi: begona mamlakatga uchib borasiz, aeroportdan aloqa shoxobchasini qidirasiz, navbatda turasiz, anketalarni to‘ldirasiz va mahalliy «plastik» uchun ortiqcha pul to‘laysiz. Boshqa bir yo‘li — o‘z SIM-kartangizni qoldirib, ta’til oxirida roumingdagi arzon internet uchun kelgan katta hisobni ko‘rish edi.
Hozir hammasi osonroq. Sayohatlar uchun virtual SIM-karta — eSIM paydo bo‘ldi. Bu smartfoningizga o‘rnatilgan chip bo‘lib, odatiy plastik bo‘lagining o‘rnini bosadi.
Bu qanday ishlaydi?
Siz hech narsani qo‘l bilan joylashtirmaysiz. Buning o‘rniga tarif rejasini onlayn xarid qilasiz, QR kodni skanerlaysiz yoki uni ilova orqali faollashtirasiz va telefoningizda mahalliy internetga ulangan ikkinchi raqam paydo bo‘ladi. Aksariyat zamonaviy smartfonlar (iPhone XR modelidan boshlab, Samsung, Google Pixel flagmanlari va boshqalar) ushbu texnologiyani qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy SIM-kartangizni o‘chirmang — unda roumingni yoqilgan holda qoldiring. Bu telefoningizga xorijiy operator tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi va siz banklardan keladigan muhim SMS-xabarlarni qabul qilishda davom etasiz. Odatda bunday xabarlar uchun haq olinmaydi.
Bu holda mobil internetni eSIMga o‘tkazing — shunda barcha internet-trafik qulay mahalliy tarif bo‘yicha ishlaydi.
Sayohatdagi asosiy afzalliklari
- Trapning yonidayoq aloqa. Siz profilni uydaligingizdayoq faollashtirasiz. Samolyot shassisi boshqa mamlakatdagi uchish-qo‘nish yo‘lagiga tekkanda, sizda aloqa tarmog‘i mavjud bo‘ladi.
- Xavfsizlik. Qorong‘ida taksi almashtirayotganda plastik kartani yo‘qotib qo‘yish yoki sindirib olish mumkin. Virtual karta bilan esa buning jismonan iloji yo‘q.
- Tejamkorlik. Mahalliy provayderlarning internet to‘plamlari xalqaro roumingga qaraganda har doim bir necha barobar arzonroq.
Agar chet elda internet uchun eSIM’ni qanday ulashni izlayotgan bo‘lsangiz, turli saytlardan vaqt sarflab ma’lumot qidirishingiz shart emas. O‘zbekistonda eSIM’ni sozlashning qulay usuli — Alif ilovasini ochish. Alif Sayohat mini-ilovasi ichida boradigan mamlakatingizni tanlab, kerakli gigabaytlar to‘plamini topishingiz va bir klikdayoq unga to‘lov qilishingiz mumkin. Xarid uchun bir necha daqiqa vaqt sarflab — sayohatga ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarsiz tayyor bo‘lasiz.


