1000$ bilan xorijda dam olish: Toshkentdan 5 ta yo‘nalish

1000$ bilan xorijda dam olish

Ko‘pchilik xorijga sayohat qilish uchun katta mablag‘ yig‘ish kerak, deb hisoblaydi. Aslida esa bir kishi 1000$ byudjet bilan ham 7–10 kunlik yaxshi sayohatni rejalashtirishi mumkin. Aviachipta, mehmonxona va kundalik xarajatlarni hisobga olgan holda, quyidagi yo‘nalishlarda sayohat qilish mumkin.

Toshkentdan uchib, 1000$ byudjet bilan bemalol sayohat qilish mumkin bo‘lgan 5 ta mamlakatni jamladik.

Gruziya: Tbilisi va Batumi

  • Nega borishga arziydi: vizaga ehtiyoj yo‘q, milliy taomlari xilma-xil, go‘zal tog‘ va qadimiy shahar manzaralari.
  • Byudjetni qanday tejash mumkin: Toshkent — Tbilisi aviachiptalarini oldindan xarid qiling. Mamlakatda poyezd yoki marshrutkalarda safar qiling. Ikki kishi uchun mazali kechki ovqat taxminan 15–20$ turadi.

Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston: Olmaota va Issiqko‘l

  • Nega borishga arziydi: til muammosi yo‘q, vizasiz borish mumkin, tog‘lar va musaffo Issiqko‘lga yaqin.
  • Byudjetni qanday tejash mumkin: poyezd, to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtobus yoki 1,5 soatda uchib borish mumkin. 1000$ mablag‘ qulay mehmonxonada yashash, tog‘ daralariga ekskursiyalar va restoranlarda ovqatlanish bilan bir haftaga bemalol yetadi.

Misr: Sharm ash-Shayx

  • Nega borishga arziydi: kuz, qish va bahorda sovuqdan quyoshli o‘lkalarga dam olishni istaganlar uchun mos yo‘nalish.
  • Byudjetni qanday tejash mumkin: Sharm ash-Shayxga tayyor turistik paket xarid qiling. Ko‘pincha 1000$ byudjetga aviachipta, 4 yulduzli mehmonxonada “All Inclusive” tizimida yashash va transfer kiradi.

Ozarbayjon: Boku

  • Nega borishga arziydi: “Kaspiy sohilidagi Parij” — toza, xavfsiz va chiroyli shahar. Toshkentdan parvoz atigi 2,5 soat davom etadi.
  • Byudjetni qanday tejash mumkin: Azal yoki Uzbekistan Airways orqali qulay narxda aviachiptalar topish mumkin. Boku markazida yaxshi mehmonxonada bir kecha taxminan 30–40$ turadi.

Tailand: Pxuket va Pattayya

  • Nega borishga arziydi: aviachipta byudjetning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qilishi mumkin. Ammo Tailandning o‘zida yashash, ko‘cha taomlari, mevalar va transport xarajatlari nisbatan arzon.
  • To‘lovni qulay amalga oshiring: byudjetingiz cheklangan bo‘lsa ham, butun summani oylar davomida yig‘ib yurishingiz shart emas. Alif Sayohat orqali aviachiptalarni hoziroq xarid qiling va to‘lovni 3 qismga bo‘lib amalga oshiring.

Ma’lumot eskirgan bo’lishi mumkin

dagi chipta narxlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Aktual narxlarni ko‘rish uchun sahifani yangilang.