Aviachiptadagi xatolik: ma’lumotlarni qanday tuzatish mumkin

Familiyangizni noto‘g‘ri yozib qo‘ydingizmi, Name va Surname joyini adashtirdingizmi yoki eski xorijiy pasport raqamini kiritdingizmi? Xavotir olmang — ko‘p hollarda bunday xatolarni chiptani bekor qilmasdan tuzatish mumkin.
Qaysi xatolar jiddiy va qaysi aviakompaniyalar kichik xatolarga ko‘z yumishini ko‘rib chiqamiz.
“3 ta xato” qoidasi bormi?
Ko‘pchilik aviachiptada 3 tagacha xatoga yo‘l qo‘yish mumkin, deb eshitgan. Aslida esa barcha aviakompaniyalar uchun amal qiladigan yagona qoida yo‘q.
- Ayrim aviakompaniyalar, ayniqsa Yevropadagi loukosterlar, chiptadagi ma’lumotlar pasportdagi ma’lumotlarga to‘liq mos kelishini talab qiladi.
- Boshqa aviakompaniyalar, masalan, Uzbekistan Airways yoki Turkish Airlines, ism yoki familiyaning talaffuzini o‘zgartirmaydigan kichik xatolarga nisbatan ko‘proq yon berishi mumkin.
Xato borligini sezsangiz, nima qilish kerak?
- Parvoz kunigacha kutmang. Xatoni qanchalik erta aniqlasangiz, uni tuzatish shunchalik oson va arzon bo‘ladi.
- Chipta sotib olingan joyga murojaat qiling. Agar chiptani Alif Sayohat orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, Telegram’dagi @alif_sayohat_official bot orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki +998 555 12 12 12 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Operator aviakompaniya bilan bog‘lanib, chiptadagi kerakli ma’lumotlarni tuzatadi yoki tegishli izohlarni kiritadi. Agar chiptani aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali xarid qilgan bo‘lsangiz — ularning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
- Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Ma’lumotlarning to‘g‘ri yozilganini tasdiqlash uchun xorijga chiqish pasportingizning surati kerak bo‘ladi.
Xatoni tuzatish qancha turadi?
- Bepul: ko‘plab an’anaviy aviakompaniyalarda pasport ma’lumotlari, tug‘ilgan sana yoki kichik imlo xatolarini tuzatish bepul.
- Pullik: ayrim loukosterlar har bir harfni o‘zgartirish uchun xizmat haqi oladi. Odatda to‘lov 10–50$ gacha bo‘lishi mumkin.
Muhim: to‘lov qilishdan oldin ismingiz, familiyangiz va pasport raqamingizni albatta tekshirib oling. Agar xatolik yuz bersa — Alif Sayohat mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati har doim aviakompaniya bilan bog‘liq masalani tezda hal qilishga yordam beradi.


