Aviachiptadagi xatolik: ma’lumotlarni qanday tuzatish mumkin

Aviachiptadagi ma’lumotlarni tekshirish

Familiyangizni noto‘g‘ri yozib qo‘ydingizmi, Name va Surname joyini adashtirdingizmi yoki eski xorijiy pasport raqamini kiritdingizmi? Xavotir olmang — ko‘p hollarda bunday xatolarni chiptani bekor qilmasdan tuzatish mumkin.

Qaysi xatolar jiddiy va qaysi aviakompaniyalar kichik xatolarga ko‘z yumishini ko‘rib chiqamiz.

“3 ta xato” qoidasi bormi?

Ko‘pchilik aviachiptada 3 tagacha xatoga yo‘l qo‘yish mumkin, deb eshitgan. Aslida esa barcha aviakompaniyalar uchun amal qiladigan yagona qoida yo‘q.

  • Ayrim aviakompaniyalar, ayniqsa Yevropadagi loukosterlar, chiptadagi ma’lumotlar pasportdagi ma’lumotlarga to‘liq mos kelishini talab qiladi.
  • Boshqa aviakompaniyalar, masalan, Uzbekistan Airways yoki Turkish Airlines, ism yoki familiyaning talaffuzini o‘zgartirmaydigan kichik xatolarga nisbatan ko‘proq yon berishi mumkin.

Xato borligini sezsangiz, nima qilish kerak?

  1. Parvoz kunigacha kutmang. Xatoni qanchalik erta aniqlasangiz, uni tuzatish shunchalik oson va arzon bo‘ladi.
  2. Chipta sotib olingan joyga murojaat qiling. Agar chiptani Alif Sayohat orqali xarid qilgan bo‘lsangiz, Telegram’dagi @alif_sayohat_official bot orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki +998 555 12 12 12 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Operator aviakompaniya bilan bog‘lanib, chiptadagi kerakli ma’lumotlarni tuzatadi yoki tegishli izohlarni kiritadi. Agar chiptani aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali xarid qilgan bo‘lsangiz — ularning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.
  3. Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Ma’lumotlarning to‘g‘ri yozilganini tasdiqlash uchun xorijga chiqish pasportingizning surati kerak bo‘ladi.

Xatoni tuzatish qancha turadi?

  • Bepul: ko‘plab an’anaviy aviakompaniyalarda pasport ma’lumotlari, tug‘ilgan sana yoki kichik imlo xatolarini tuzatish bepul.
  • Pullik: ayrim loukosterlar har bir harfni o‘zgartirish uchun xizmat haqi oladi. Odatda to‘lov 10–50$ gacha bo‘lishi mumkin.
Muhim: to‘lov qilishdan oldin ismingiz, familiyangiz va pasport raqamingizni albatta tekshirib oling. Agar xatolik yuz bersa — Alif Sayohat mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati har doim aviakompaniya bilan bog‘liq masalani tezda hal qilishga yordam beradi.

Ma’lumot eskirgan bo’lishi mumkin

dagi chipta narxlari o‘zgargan bo‘lishi mumkin. Aktual narxlarni ko‘rish uchun sahifani yangilang.